35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📌 #Chinoz_tumani Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Qonun_ijrosi_o‘rganilishi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
Qonun ijrosi o‘rganildi

 Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining 12-“Samarqand” okrugi deputati “Adolat” SDP a’zosi G.Abdullayeva tomonidan Bekobod shahar M va MTBga qarashli 19-son MTTda deputatga biriktrilgan O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 16-dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son qonuni ijrosi o‘rganildi. O‘rganishda MTT direktori U.Karimova ishtirok etdi. Mazkur tashkilotda 10 ta guruhda 270 bolalar mavjud. Qonunning 11-moddasiga asosan davlat tomonidan kafolatlangan hajm doirasida bepul malakali tibbiy yordam ko‘rsatilishi belgilangan. Biroq, dori-darmon uchun garchi shahar Iqtisodiyot va moliya bo‘limi tomonidan mablag‘ mo‘ljallangan bo‘lsada, shahar M va MTB tomonidan dori-darmonlar xarid qilinmagan. Shuningdek, binoning o‘zi bir necha yillardan beri kapital ta’mirlanmaganligi bois bugun ta’mirlashga muhtoj ahvolga kelgan. Ushbu muammolarni hal etish yuzasidan shahar M va MTBga va shahar hokimligiga deputatlik so‘rovi bilan chiqilishi belgilandi.  

Slide 1 of 2