35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📌 #Chinoz_tumani Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Qonun_ijrosi_o‘rganilishi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
**Kengash qarori ijrosi o‘rganildi**

Kengash qarori ijrosi o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi Kotibiyati bosh mutaxassisi, deputat Azizbek Erkinov hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Sarabibi Matyaqubova tuman “Nuroniylar maskani”da bo‘lib, Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashining 2026-yil 11-iyuldagi VII-31-69-12-172-K/26-son qarori ijrosini o‘rgandilar.

O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 25-noyabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirishga faol nuroniylarni jalb etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-405-son qarorining tumandagi ijrosi yuzasidan belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi.

Shuningdek, tuman “Nuroniylar” jamg‘armasi bo‘limi boshlig‘i S. O‘razmetov tomonidan 2026-yilning o‘tgan 6 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdim etilgan axborot o‘rganilib, qarorda belgilangan topshiriqlarning ijrosi yuzasidan tegishli fikr va tavsiyalar bildirildi.

Asosiy maqsad — belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, nuroniylarning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda aholi farovonligini yuksaltirish. 

Slide 1 of 1