35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi.
янв.21
📌 #Chinoz_tumani Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Qonun_ijrosi_o‘rganilishi “Davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani AHOLIGA O‘Z VAQTIDA VA SIFATLI TIBBIY YORDAM KO‘RSATILISHI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiya loyihalari va ishlab chiqarish faoliyati o‘rganildi
Oqbuloq mahallasida xonadonlarni obodonlashtirish bo‘yicha tavsiyalar berildi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati M.Xasamiddinov o‘z saylov okrugidagi Oqbuloq mahallasida fuqarolar xonadonlarida bo‘lib, uy-joylarni ta’mirlash va obodonlashtirish holati bilan tanishdi.

Tashrif davomida xonadon egalari bilan suhbatlashilib, ularning yashash sharoitlari o‘rganildi. Uylarni ta’mirlash, hovli va xonadon atrofini tartibga keltirish, tozalikni ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish yuzasidan fuqarolarga tegishli tavsiyalar berildi.

Shuningdek, xonadonlarni imkon qadar zamonaviy va ko‘rkam holga keltirish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini olib borish hamda ko‘cha va hovli atrofi ozodaligiga e’tibor qaratish lozimligi ta’kidlandi.

Mahallalarni obod qilish va aholining yashash sharoitlarini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2