35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish davom etmoqda
янв.21
📌 MAISHIY CHIQINDI TASHUVCHI KORXONA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 🏛DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #qabul
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala #_kotibiyat_xodimi_faoliyati Mahalla obodligi — deputat nazoratida
#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
#_kotibiyat_xodimi_faoliyati

Mahalla obodligi — deputat nazoratida


Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati L.Mardonova, хalq deputatlari Sariosiyo tumani Kengashiga “23-Aeroport” saylov okrugidan saylangan deputat N.Chorshanbieva hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Xamdamova “Alisher Navoiy” mahallasida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari, xususan, piyodalar uchun yo‘lakchalar qurilishi jarayonini o‘rgandilar.
O‘rganish jarayonida xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasining 41-bandi ijrosi yuzasidan mahalla hududida obodonlashtirish ishlarining borishi manzilli tahlil qilindi. Jumladan, aholi uchun qulay va xavfsiz piyoda harakatini ta’minlash, ichki yo‘llar va yo‘laklarni tartibga keltirish, hududni obodonlashtirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish davomida mahallada aholiga qulay shart-sharoit yaratish, piyodalar harakati xavfsizligini ta’minlash va hududning sanitariya-obodonlik holatini yanada yaxshilashga qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish zarurligi ta’kidlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar berildi.
Deputatlik nazorati doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlar izchil davom ettirilib, belgilangan vazifalar ijrosi o‘rganib boriladi.
Slide 1 of 2