35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani MAKTABDA QURILISH-TA’MIRLASH ISHLARI DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Chinoz tumanida maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatlari o‘rganilmoqda
янв.21
O‘rganish davom etmoqda
янв.21
📌 MAISHIY CHIQINDI TASHUVCHI KORXONA FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holat o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 🏛DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #qabul
PQ-377-SONLI QAROR IJROSI O‘RGANILDI. 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.

31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida rekonstruksiya ishlari jadal davom etmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-377-sonli qarori ijrosi yuzasidan Boyovut tumanidagi ijtimoiy soha obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta’mirlash ishlarining holatini o‘rganish maqsadida “Navro‘z” MFYdagi 31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

🔎 O‘rganish Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati mudiri X.Berdiyarova, Kengash deputati X.Jo‘raxolov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Sharopov tomonidan amalga oshirildi.

🏗 O‘rganish davomida:
31-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotining eski binosi o‘rniga 120 o‘rinli yangi bino qurish bo‘yicha rekonstruksiya ishlari olib borilayotgani aniqlandi.
👷 Hozirda obyektda 20 nafar ishchi faoliyat olib bormoqda. Qurilish ishlari jadal sur’atlarda davom ettirilmoqda.
📅 Obyektdagi qurilish ishlarini 2026-yil 17-oktabrga qadar yakunlash rejalashtirilgan.
🏫 Rekonstruksiya ishlari yakunlangach, 120 o‘rinli zamonaviy maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirilib, hududdagi bolalar uchun yanada qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratiladi.
📌 Obyekt haqida:
▫️ Manzil — “Navro‘z” MFY;
▫️ Quvvati — 120 o‘rin;
▫️ Loyiha qiymati — 6 000,0 mln so‘m;
▫️ Loyiha tashkiloti — “BEST GEO MAPS” MCHJ;
▫️ Pudratchi — “SUNNY LEND SERVICE” MCHJ;
▫️ Ishchilar — 20 nafar;
▫️ Yakunlash muddati — 2026-yil 17-oktabr.

📊 O‘rganish davomida qurilish ishlarining loyiha talablariga muvofiqligi, bajarilayotgan ishlar sifati, ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi hamda obyektni foydalanishga tayyor holga keltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

✅ Obyektda olib borilayotgan ishlarni o‘z vaqtida va sifatli yakunlash, shuningdek, belgilangan muddatlarga rioya etilishi deputatlik nazoratiga olindi.|

Slide 1 of 4