Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi

Navbatdagi sayyor qabul uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi raisi Baxtiyor Bazarov tomonidan 21-Turon saylov okrugida joylashgan "Yoshlik" mahalla fuqarolar yig‘ini aholisi va saylovchilari bilan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi.

Qabulda Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov, Kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toyirov hamda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Navoiy shahar Kengashi raisi Jo‘rabek Hamroyev ishtirok etdi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan turar joylarga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mahalla hududidagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, aholi xonadonlarini oqova suv tarmog‘i bilan ta’minlash, ichimlik suvi sifatini yaxshilash, aholi bandligini ta’minlash, subsidiyalar ajratilishi hamda fuqarolar salomatligini yaxshilash bilan bog‘liq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.

Qabul davomida har bir murojaat atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning mazmuni yuzasidan tegishli huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ko‘tarilgan masalalarning qonuniy va o‘z vaqtida hal etilishini ta’minlash maqsadida mas’ul korxona va tashkilotlarga belgilangan tartibda deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

Bunday sayyor qabullar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni joyida o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan amaliy choralar ko‘rishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2