Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Fuqarolar murojaati – deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati Sadokat Nurmamatova tomonidan Qozoq Nayman mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

🤝 Qabul davomida aholi tomonidan ichki yo‘llar holati, elektr ta’minoti, ichimlik suvi, obodonlashtirish hamda boshqa ijtimoiy masalalar yuzasidan murojaatlar tinglandi.

📝 Har bir murojaat atroflicha o‘rganilib, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy yechim topish choralarini ko‘rish bo‘yicha vazifalar belgilandi. Ayrim masalalar yuzasidan qo‘shimcha o‘rganishlar olib borilishi va zarur hollarda deputatlik so‘rovlari yuborilishi ma’lum qilindi.

👥 Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammo va takliflarini bevosita joyida tinglash deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

✅ Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi tomonidan aholi murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va hududlardagi dolzarb muammolarni hal etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.