Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Aholi muammolari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Ashurov va kotibiyat xodimi N.Kurganova tomonlaridan tumanning “Navro‘z” mahallasida aholi muammolarini o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida ko‘p qavatli uy-joylarda amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. Qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, qurilish me’yorlari hamda xavfsizlik talablariga rioya etilishi, hududning sanitariya holati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ko‘p qavatli uylarda yashovchi fuqarolar bilan muloqot qilinib, ular tomonidan qurilish ishlari davomida shovqin, qurilish changi hamda qurilish chiqindilari bilan bog‘liq noqulayliklar yuzaga kelayotganligini ma’lum qilishdi.

Muhokama davomida quruvchilarga qurilish ishlarini belgilangan vaqtlarda amalga oshirish, ortiqcha shovqinga yo‘l qo‘ymaslik, chang tarqalishining oldini olish uchun hududni muntazam namlash, qurilish chiqindilarini o‘z vaqtida olib chiqish, fuqarolarning erkin harakatlanishi uchun xavfsiz yo‘laklarni ta’minlash hamda sanitariya va ekologik talablarga qat’iy rioya qilish yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berildi.

Slide 1 of 5