Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Aholi bandligi o'rganildi
янв.21
🏟 Tuman markaziy stadionida bunyodkorlik ishlari deputat nazoratida
янв.21
👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
🏛 MADANIYAT MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🏛 Xalq deputatlari Yangiariq tumani Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📋 Yig‘ilish davomida tumanning moliyaviy barqarorligini ta’minlash, mahalliy byudjet mablag‘laridan oqilona foydalanish, budjet daromadlarini oshirish hamda iqtisodiy islohotlar ijrosiga oid muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

🗂 Kun tartibidagi asosiy masalalar:
🔹 Tuman mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan budjet tashkilotlari va budjetdan mablag‘ oluvchilarga mablag‘ ajratish;
🔹 Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘ining 2026-yil II chorak davomida budjet daromadlarini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisoboti;
🔹 Tuman iqtisodiyot va moliya bo‘limining mahalliy budjet parametrlarining ijrosi bo‘yicha II chorak yakunlari hisoboti;
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-410-sonli qarori ijrosining Yangiariq tumanida amalga oshirilishi holati.

💬 Yig‘ilishda kun tartibidagi masalalar yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglanib, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish hamda belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar va topshiriqlar berildi.

✅ Mahalliy byudjetning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash hamda iqtisodiy islohotlarni izchil amalga oshirish doimiy komissiyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib qolmoqda.

#Yangiariq #XalqDeputatlari #DoimiyKomissiya #MahalliyByudjet #IqtisodiyIslohotlar #Tadbirkorlik #OchiqByudjet #DeputatlarFaoliyati 

Slide 1 of 5