Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi

 ✅ Ijtimoiy soha xodimlari, mahalla "yettiligi" a’zolari, aholi vakillari, ota-onalar, nuroniy-maslahatchilar ishtirok etgan uchrashuvda deputat tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragidagi deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi. 

📊 Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar, yuborilgan deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, saylovchilardan kelib tushgan
murojaatlar bilan ishlash holati, saylov okrugidagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
 

✅ Uchrashuvda mahalliy Kengashning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shu bilann birga, zarurat tug‘ilganda tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish mexanizmi tushuntirildi. Saylovchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning tegishliligi
bo‘yicha mas’ul tashkilot vakillariga yo‘naltirilishi kelishib olindi.
 

▶️ Deputat sa’y-harakati va nazorati bilan hudud ko‘chalaridagi elektr uzatish va ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha
bino qurish uchun harakatlar boshlandi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1