Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Tuman sport maktabi va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi
янв.21
Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
📌 “Ehtirom” mahallasida ijtimoiy xizmatlar sifati o‘rganildi.
янв.21
#Sessiya_oldi_o‘rganish #GulzarobodMahallasi
янв.21
#Chinoz_tumani #Sessiya_oldi_o‘rganish CHINMASCHIT VA DEHQONOBOD MAHALLALARIDA HUQUQBUZARLIKLAR PROFILAKTIKASI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori tomonidan unga yuklatilgan masalalarni amalga oshirilishi holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
Kengash_faoliyati

Obod yurt mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri Azamat Pardayev Bandixon tumanidagi "Obod yurt" mahallasida bo‘lib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar ijrosi hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida mahallada olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, hududlarni obod va fayzli maskanga aylantirish, aholi uchun qulay yashash sharoitlarini yaratishga qaratilgan amaliy sa'y-harakatlar atroflicha o‘rganildi. Xususan, ko‘chalar va ichki yo‘llarni tartibga keltirish, yo‘l chetlarini tozalash, ariq-zovurlarni loyqa va chiqindilardan tozalash hamda ularni soz holatga keltirish, mavjud infratuzilma obyektlarini tartibga solish, mahalla hududlarini obodonlashtirish va sanitariya holatini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, mahallada ko‘kalamzorlashtirish ishlariga alohida e'tibor qaratilib, yangi daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, mavjud yashil hududlarni kengaytirish, ekilgan ko‘chatlarni muntazam parvarishlash hamda sug‘orish tizimini samarali tashkil etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi.

Tashrif chog‘ida aholi yashash manzillarida ozodalikni ta'minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, yakka tartibdagi uy-joylar atrofini obod saqlash, ijtimoiy obyektlar hamda jamoat joylarini yanada fayzli holga keltirish borasidagi ishlar ham o‘rganildi.

Azamat Pardayev tomonidan amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarining sifati, ularni belgilangan muddatlarda yakunlash hamda mavjud kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. Shuningdek, hududlarda obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, ko‘kalamzorlashtirish ko‘lamini yanada kengaytirish, ekologik tozalikni saqlash hamda aholining bu boradagi faolligini oshirish muhim vazifalardan biri ekani ta'kidlandi.

Bugungi kunda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Bandixon tumanining barcha mahallalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari tizimli ravishda davom ettirilmoqda. Ushbu ezgu tashabbuslar mahallalar qiyofasini yanada chiroyli va zamonaviy ko‘rinishga keltirish, ekologik barqarorlikni mustahkamlash hamda aholi uchun yanada qulay, ozoda va obod yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 5