Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Biriktirilgan_tashkilot_bilan_hamkorlik 🏫 TA’LIM SIFATINI OSHIRISH BO‘YICHA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR TAHLIL QILINDI
янв.21
#24_ta_masala #18_band_ijrosi #Deputat_o‘rganishi ♿️ NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
#24_ta_masala #1_band_ijrosi #Deputat_faoliyati YOSHLAR BILAN ISHLASH FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#24_ta_masala #6_band_ijrosi MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
“Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi.
янв.21
🏛 MAHALLADAGI YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“MADANIYAT” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
📌 CHINOZDA BARQAROR ISH O‘RINLARINI YARATISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH BO‘YICHA ISHLAR NAZORATDAN O‘TKAZILDI
Yoshlar masalalari — deputat nazoratida.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati, 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot tomonidan hududdagi yoshlar yetakchisining faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi. Shuningdek, yoshlar bilan 19 ta uchrashuv o‘tkazilgani, uchrashuvlar davomida bildirilgan murojaat va takliflar asosida 15 ta muammo ijobiy hal etilgani qayd etildi.

Deputat tomonidan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, bandligini ta’minlash hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yoshlar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va amaliy yechim topish — deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilandi.

Slide 1 of 2