Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI HOLATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
“AXILLIK” MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“PAXTAOBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“ISTIQLOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
“HAMZA” MAHALLASIDA EHTIYOJMAND OILALARNING IJTIMOIY HOLATI KO'CHAMA-KO'CHA YURISH ORQALI O‘RGANILDI
янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
EKOLOGIK MADANIYATNI YUKSALTIRISH – BARCHAMIZNING UMUMIY VAZIFAMIZ👇👇👇

Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputati Voropayeva Natalya Viktorovna tomonidan “Yangibogʻ” mahallasida Milliy gvardiya kursanti ishtirokida ekologik madaniyatni yuksaltirishga bagʻishlangan targʻibot suhbati oʻtkazildi.

✅Suhbat davomida mahallalarda ekologik tozalikni taʼminlash, yashil hududlarni asrash va kengaytirish, chiqindilarni belgilangan tartibda yigʻish hamda atrof-muhitni muhofaza qilish borasida Milliy gvardiya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida soʻz yuritildi.

⚠️Shuningdek, mahalla hududida ekologik nazoratni kuchaytirish, ekologik transport vositalaridan samarali foydalanish hamda fuqarolar oʻrtasida ekologik madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, Milliy gvardiya tizimida ham ekologik yoʻnalishdagi zamonaviy transport vositalaridan foydalanishga alohida eʼtibor qaratilib, bu boradagi ishlar atrof-muhitni asrash va hududlar obodligini taʼminlashga xizmat qilmoqda.

➡️Tadbir yakunida kursantlar ekologik masʼuliyatni oshirish, mahallalarda tozalik va obodlikni saqlash hamda ekologik tashabbuslarni qoʻllab-quvvatlashga chaqirildi.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 2