Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZDA AHOLI MUROJAATLARI JOYIDA O‘RGANILIB, MUAMMOLAR HAL ETILMOQDA
янв.21
HOKIM YORDAMCHISI FAOLIYATI VA AHOLINI KAMBAG‘ALLIKDAN CHIQARISH BO‘YICHA ISHLAR O‘RGANILDI
янв.21
KO‘P QAVATLI UYLARDA MODERNIZATSIYA ISHLARI HOLATI NAZORATDAN O‘TKAZILDI
янв.21
BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI YUZASIDAN O‘RGANISH O‘TKAZILDI
янв.21
“AXILLIK” MAHALLASIDA YOSHLAR YETAKCHISI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
“PAXTAOBOD” MAHALLASIDA YOSHLAR BILAN ISHLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
“ISTIQLOL” MAHALLASIDA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARNING HUQUQLARI TA’MINLANISHI O‘RGANILDI
янв.21
“HAMZA” MAHALLASIDA EHTIYOJMAND OILALARNING IJTIMOIY HOLATI KO'CHAMA-KO'CHA YURISH ORQALI O‘RGANILDI
янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
AHOLI MUROJAATLARI VA MUAMMOLARNI O‘RGANISH — E’TIBOR MARKAZIDA.

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati, 11-Navro‘z saylov okrugi deputati To‘rayev Norquvvot tomonidan hududda aholi bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, fuqarolar murojaatlarini tinglash va ularning muammolarini o‘rganish borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

O‘rganishlar davomida ko‘chama-ko‘cha yurib, aylanma daftar asosida fuqarolarning murojaatlari va muammolari o‘rganilib, ularni tegishli tartibda hal etish choralariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Har bir murojaatning ortida inson taqdiri va uning hayotiy muammosi turganini inobatga olgan holda, fuqarolar bilan samimiy muloqot qilish, muammolarni joyida aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borish — deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biridir.

Bunday amaliy ishlar mahalla yettiligi faoliyatini samarali tashkil etish, aholi muammolarini manzilli hal qilish va fuqarolarning murojaatlariga e’tibor va mas’uliyat bilan yondashishga xizmat qilmoqda

Slide 1 of 4