35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Хalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
AHOLI MUROJAATI ASOSIDA MUAMMO O‘RGANILIB, AMALIY CHORA KO‘RILDI
янв.21
Maktabdagi sport infratuzilmasining holati o‘rganildi.
янв.21
“Birlik mahalla servis” kompaniyasi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
🏘 “Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI MARKAZIY KUTUBXONASI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLARGA BERILADIGAN IMTIYOZ VA IJTIMOIY XIZMATLAR HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Hududdagi investitsiya loyihasining amalga oshirilish holati o‘rganildi
Aholini suyultirilgan gaz bilan ta’minlash masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati O‘tkirjon Shukurov tomonidan saylovchilar bilan uchrashuvlar hamda fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida tumanda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlash holati yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborildi.

O‘rganishlar davomida suyultirilgan gaz ballonlarini yetkazib berish belgilangan grafiklarga nisbatan 90 kundan ortiq muddatga kechikayotgani, ayrim mahallalarda esa tarqatish ishlari sust tashkil etilgani aniqlandi.

Xususan, Do‘rmonsoy mahallasida gaz ballonlari tarqatilishi boshlangan bo‘lsa-da, bir oydan ortiq vaqt davomida barcha xonadonlarga yetkazib berilmagani fuqarolar tomonidan jiddiy e’tirozlarga sabab bo‘lmoqda.

Natijada ko‘plab oilalar, ayniqsa, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar, keksalar va xotin-qizlar kundalik ehtiyojlarini qondirishda qiyinchilikka duch kelmoqda.