35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 #Doimiy_komissiya 🏛 DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Ayollar_daftarI 👩‍👩‍👧‍👦 AYOLLAR MUAMMOLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Deputat_nazorati BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Deputat_nazorati 📊 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Deputatlik nazorati amalda: "Ma’rifat" mahallasida hokim yordamchisi va xotin-qizlar faoli faoliyati chuqur tahlil qilindi

Shu maqsadda Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov, 19-"Ma’rifat" saylov okrugidan saylangan deputat A.Mustafakulov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi A.Temirov tomonidan "Ma’rifat" mahallasida navbatdagi nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi.
O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan mahalliy Kengash deputatlari uchun belgilangan "Eng muhim 24 ta ustuvor yo‘nalish" mezonlari asosida tashkil etilib, mahallada "mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligi, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati hamda fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha tahlil qilindi.

💼 Hokim yordamchisi faoliyati

🔍 Deputatlar tomonidan 4-ustuvor yo‘nalish doirasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi. Xususan, "Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ–328-son Qonuni talablari asosida:

✅ aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan manzilli ishlar;

✅ ishsiz fuqarolarni doimiy daromad manbalari bilan ta’minlash;

✅ tadbirkorlikni boshlash istagidagi fuqarolarni kredit, subsidiya va boshqa davlat dasturlariga jalb etish;

✅ oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda xonadonbay ishlash tizimining natijadorligi;

✅ "Temir daftar", "Ayollar daftari" va boshqa ijtimoiy reyestrlardagi fuqarolar bilan ishlash holati yuzasidan batafsil tahlillar olib borildi.

👩‍👧 Xotin-qizlar faoli faoliyati

🔍 Shuningdek, 6-ustuvor yo‘nalish doirasida mahalla xotin-qizlar faoli faoliyati "Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘RQ–561-son Qonuni talablari asosida o‘rganildi.

Bunda:

🔹 tazyiq va zo‘ravonlikning oldini olish bo‘yicha profilaktik ishlar;

🔹 og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlar bilan individual ishlash;

🔹 "Ayollar daftari"ga kiritilgan fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash;

🔹 bandlikni ta’minlash, kasb-hunarga o‘qitish va tadbirkorlikka yo‘naltirish;

🔹 xotin-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash yuzasidan olib borilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 Ochiq muloqot davomida mas’ullar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborotlar tinglanib, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash, muammolarni o‘z vaqtida aniqlash va ularni tizimli hal etish bo‘yicha mavjud imkoniyatlar hamda ayrim dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📌 O‘rganish yakunida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar, ishsiz fuqarolar, xotin-qizlar va yoshlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish, "mahalla yettiligi" a’zolari o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, murojaatlarni natijadorlik tamoyili asosida ko‘rib chiqish hamda aniqlangan kamchiliklarni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

🤝 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan joylarda olib borilayotgan bunday nazorat-tahlil tadbirlari qonun hujjatlarining amaliy ijrosini ta’minlash, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va hisobdorligini kuchaytirish hamda har bir mahallada aholi farovonligini oshirishga xizmat qilmoqda.