35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 #Doimiy_komissiya 🏛 DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Ayollar_daftarI 👩‍👩‍👧‍👦 AYOLLAR MUAMMOLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Deputat_nazorati BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Deputat_nazorati 📊 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
#sessiya_30


Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2026-yil 21-iyul kuni Xalq deputatlari Kogon shahar Kengashining o‘ttizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Kengash deputatlari, shahar hokimligi mutasaddilari, davlat organlari va tashkilotlar rahbarlari hamda tegishli soha vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibidan o‘rin olgan masalalar yuzasidan shahar hokimi Mirshakar Muzaffarovich To‘raboyevning “2026-yil — Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida shaharda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti tinglandi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Kogon shahridagi Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda murojaatlar bilan ishlash holati, shaharda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Sessiyada Kogon shahar prokurori Shohijaxon Ergashev tomonidan kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatlarning barvaqt oldini olish va huquqbuzarliklarning profilaktikasi bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar yuzasidan axborot berildi.

Bundan tashqari, shahar IIB boshlig‘i Niyoziy Boltayev tomonidan jamoat xavfsizligi va huquqbuzarliklarning oldini olish holati, Adliya bo‘limi tomonidan esa norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti yuzasidan ma’lumotlar taqdim etildi.

Sessiya davomida ekologik madaniyatni oshirish, ko‘p kvartirali uy-joylarni ta’mirlash dasturlariga o‘zgartirish kiritish, mahalliy budjetning qo‘shimcha manbalaridan samarali foydalanish, aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Sog‘liqni saqlash, bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya ijrosi, yoshlar siyosati, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi amalga oshirilgan ishlar yuzasidan tegishli rahbarlarning hisobotlari tinglandi.

Sessiyada deputatlarning saylovchilar oldida axborot berishi, deputatlik odobi qoidalariga rioya etilishi hamda murojaatlar bilan ishlash samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi masalalar bo‘yicha mas’ullarga tegishli vazifalar belgilandi.

Xalq deputatlari
Kogon shahar Kengashi
axborot xizmati
Telegram . Instagram . Facebook . Youtube . E-kengash
Slide 1 of 17