35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
📌 #Chinoz_tumani 📌 #Doimiy_komissiya 🏛 DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Ayollar_daftarI 👩‍👩‍👧‍👦 AYOLLAR MUAMMOLARI — DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi AHOLIGA KO‘RSATILAYOTGAN TIBBIY XIZMATLAR SIFATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi 👩‍💼 MAHALLADAGI XOTIN-QIZLAR FAOLINING FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Deputat_nazorati BIRIKTIRILGAN TASHKILOT FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi
янв.21
#Deputat_o‘rganishi #Deputat_nazorati 📊 Mahalladagi soliq inspektori faoliyati tahlil qilindi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Tumanda Aholi bandligi masalalari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
Doimiy komissiyada PF–70-son Farmoni ijrosi yuzasidan hisobot muhokama qilindi

Mazkur masala yuzasidan shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Sh.Dusmuratov hisobot berib, davlat ishtirokini iqtisodiyotda qisqartirish, davlat aktivlarini xususiy sektorga o‘tkazish, investitsiyalarni jalb etish hamda tadbirkorlik subyektlari uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar yuzasidan amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Hisobotda ta’kidlanishicha, PF–70-son Farmoniga muvofiq Termiz shahrida 2 ta davlat aktivi hamda 8,5 gektar yer uchastkasini ommaviy savdolarga chiqarish belgilangan. Farmonning 1-ilovasiga asosan “Saxovat” MChJning 0,3 foizlik davlat ulushi hamda “Yashil dunyo markaziy dehqon oziq-ovqat bozori” MChJning 100 foizlik davlat ulushi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga topshirilib, 41 milliard 200 million so‘mga sotilishi ta’minlandi.

Shuningdek, shaharda davlat mulkidan samarali foydalanish maqsadida 65 milliard 844,5 million so‘mlik 16 ta davlat mulki obyekti ommaviy elektron savdolarga chiqarildi. Natijada:
6 ta obyekt 47 milliard 700 million so‘mga sotildi;
9 ta obyektning 28 milliard 300 million so‘mlik savdolari davom etmoqda;
1 ta obyekt bo‘yicha savdo jarayoni vaqtincha to‘xtatilgan.

Savdolari davom etayotgan davlat aktivlarining 3 tasida narxni pasaytirish mexanizmi qo‘llanilib, shundan 2 ta obyektning boshlang‘ich narxi 50 foizga, 1 ta obyektniki esa 70 foizga kamaytirildi. Mazkur mexanizm investorlar faolligini oshirish va bo‘sh turgan davlat mulklaridan samarali foydalanishni ta’minlashga xizmat qilmoqda.

Farmon hamda 2025-yil 24-dekabrdagi PQ–386-son qarori asosida Termiz shahar hokimligiga tegishli 4 ta munitsipal davlat aktivi ham xususiylashtirish dasturiga kiritilgan bo‘lib, ularning boshlang‘ich qiymati 4 milliard 756,2 million so‘mni tashkil etadi. Hozirda mazkur obyektlar ham elektron savdolarga chiqarilgan bo‘lib, savdo jarayonlari davom etmoqda.

Hisobotda ta’kidlanganidek, Farmon bilan tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 55 ta imtiyoz va yengillik joriy etilgan. Xususan, bozorlarda mahalliy hokimliklarning majburiy ishtiroki bekor qilindi, davlat mulkini uzoq muddat ijaraga olgan tadbirkorlarga uni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotib olish huquqi berildi hamda 10 ming kvadrat metrgacha bo‘lgan davlat mulki obyektlarini yuqori texnologiyali mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlarga 5 yil muddatga bepul foydalanishga berish mexanizmi yo‘lga qo‘yildi.

Shuningdek, xususiylashtirish jarayonlarining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida xususiylashtirish.davaktiv.uz elektron monitoring tizimi ishga tushirilgani, hokim yordamchilari, jismoniy shaxslar va Savdo-sanoat palatasi hududiy bo‘linmalariga bo‘sh turgan davlat obyektlarini onlayn tarzda auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha buyurtma yuborish imkoniyati yaratilgani qayd etildi.

Muhokamalar davomida doimiy komissiya a’zolari hisobotda keltirilgan ko‘rsatkichlarni batafsil tahlil qilib, davlat aktivlarini xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish, investitsiyalarni keng jalb etish, bo‘sh turgan davlat mulklaridan samarali foydalanish hamda xususiy sektor ulushini yanada oshirish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflarni bildirdilar.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqish yuzasidan doimiy komissiyaning tegishli xulosasi qabul qilindi.