35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi soliq inspektori faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani MAHALLADA XOTIN-QIZLAR BILAN ISHLASH SAMARADORLIGI O‘RGANILDI
янв.21
#Chinoz_tumani Jamoat transporti harakati holati o‘rganildi
янв.21
#Deputat targ'ibot uchrashuvi "Madad" NNT bilan hamkorlikda targ'ibot uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Mahallada hokim yordamchisining faoliyati o'rganildi
янв.21
#Sessiya #Chinoz tumani
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
#Obodonlashtirish #Deputat_nazorati 🏢 KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI (POYEZDLARI) O‘RGANILDI
#19¹_modda #Deputat_faoliyati #Kengash_va_hokim_o‘rinbosari

2026-yil 5-martdagi VII-16-13-8-108-K/26-sonli Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi qaroriga muvofiq, "Karsagan" mahallasidagi mavjud suv nasosiga 300 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatish orqali 280 ta xonadon tomorqasini sug‘orish uchun suv ta’minotini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputatlar nazoratiga olindi. 

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash hamda hududda olib borilayotgan ishlar holatini o‘rganish maqsadida Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashining 6-"Karsagan" saylov okrugi deputati T.Sattarovning okrugida.  

Shuningdek, o‘rganish tadbirida Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi, 22-"Mingchinor" saylov okrugi deputati A.Turdiyev, Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov va tuman hokimining o‘rinbosari Sh.Mo‘minovlar tomonidan deputatlik nazorati doirasida nazorat-tahlil tadbiri o‘tkazildi. 

Nazorat-tahlil tadbiri davomida quyosh panellarini o‘rnatish ishlari, suv nasosining samaradorligini oshirish, aholi tomorqalarini sug‘orish tizimini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarning borishi joyida ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, ishlarni belgilangan muddatlarda va sifatli yakunlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga
tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.  

Slide 1 of 3