Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_faoliyati Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani 📌 Biriktirilgan tashkilot faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Mahalla_yettiligi—Kengash—Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik.
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganishi ♿️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish 📖 Aholi muammolarini ko‘chama-ko‘cha yurish orqali aniqlash daftari yuritilmoqda
янв.21
#Chinoz_tumani 📌Biriktirilgan tashkilot bilan o‘zaro hamkorlikda ishlar olib borildi
янв.21
#Chinoz tumani #Sessiya
янв.21
Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash holati o'rganildi
Deputat faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim maskanlari faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashiga 10-Yangiyer saylov okrugidan saylangan deputat Tangirov Tursunqul tomonidan tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B. Xoliqov bilan hamkorlikda "Yangiyer" mahallasida joylashgan 47-sonli umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati, sinfxonalarning shayligi, amalga oshirilgan ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi. Qisqa muddatda zarur ta’mirlash ishlari yakunlanib, sinfxonalar tartibga keltirilgani hamda maktab hududi obodonlashtirilgani e’tirof etildi.

Shuningdek, maktab rahbariyati bilan uchrashuv o‘tkazilib, ta’lim sohasidagi islohotlar, ta’lim sifatini oshirish, o‘quv jarayonini takomillashtirish hamda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

✅ Deputatlarning joylardagi bunday o‘rganishlari ta’lim muassasalaridagi mavjud holatni yaqindan baholash, aniqlangan masalalarni hal etish hamda yangi o‘quv yiliga puxta tayyorgarlik ko‘rilishi muhim o‘rin tutadi.

Slide 1 of 3