Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
📚 Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
#Mahalla_yettiligi—Kengash—Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik.
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi

#deputat_soʻrovi #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Deputatlik so‘rovi orqali Yakkasaroy tumanidagi yo‘l harakati xavfsizligi masalalari ko‘tarildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tomonidan Yakkasaroy tumani Komil Yashin, Bog‘ibog‘iston hamda Shota Rustaveli ko‘chalarida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

📩 Murojaatda mazkur hududlarda yo‘l harakati xavfsizligi yetarli darajada ta’minlanmayotgani, transport vositalarining yuqori tezlikda harakatlanishi oqibatida xavfli vaziyatlar ko‘payib borayotgani hamda bu holat fuqarolar, ayniqsa bolalar, keksalar va piyodalar hayoti uchun jiddiy xavf tug‘dirayotgani qayd etilgan.

🔎 O‘rganishlar davomida aniqlanishicha, mahalla aholisi Komil Yashin ko‘chasida o‘z mablag‘lari hisobidan amaldagi davlat standartlariga muvofiq rezina qoplamali sun’iy notekisliklar o‘rnatgan. Biroq 2026-yil may oyida ushbu sun’iy notekisliklar Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan olib tashlangan. Natijada Komil Yashin va Bog‘ibog‘iston ko‘chalarida transport vositalarining tezligi oshib, yo‘l-transport hodisalari sodir bo‘lish xavfi keskin ortgani hamda mahalla aholisi o‘rtasida asosli xavotirlar yuzaga kelgani ta’kidlangan.

📝 Shu munosabat bilan deputat Vasila Alimova tomonidan “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 5 va 8-moddalari asosida Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i M.Adilovdan Komil Yashin va Bog‘ibog‘iston ko‘chalarida O‘z DSt 3283:2019 talablari asosida sun’iy notekisliklar, zarur yo‘l belgilari hamda yo‘l chiziqlarini qayta o‘rnatish, Shota Rustaveli ko‘chasida transport harakatining 24/7 tartibi joriy etilgandan keyin yuzaga kelgan transport oqimining ichki mahalla ko‘chalariga ta’sirini kompleks o‘rganish hamda transport oqimini tartibga solish bo‘yicha qo‘shimcha qayrilib olish joylari, tezlikni cheklash vositalari, piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi muhandislik inshootlari va zarur yo‘l belgilarini o‘rnatish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish so‘raldi.

📋 Deputatlik so‘rovida amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan qarorlar va rejalashtirilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan 10 kun muddatda asoslantirilgan yozma ma’lumot taqdim etish talab etilgan.

🤝 Mazkur masala deputat Vasila Alimova tomonidan nazoratga olingan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 1