Deputat soʻrovi Xalq deputatlari Bogʻot tumani Kengashining 2026-yilga moʻljallangan ish rejasining 83-bandiga muvofiq kiritildi.
Deputat soʻrovida quyidagi masalalar yuzasidan yozma maʼlumot taqdim etish soʻralgan:
Sport maktabi tomonidan aholi, ayniqsa yoshlar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar;
Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish yoʻnalishida tashkil etilgan tadbirlar va ularning natijalari;
Mazkur yoʻnalishda mavjud muammolar, ularni bartaraf etish boʻyicha koʻrilayotgan choralar va kelgusidagi rejalar
Amaldagi qonunchilikka muvofiq, deputat soʻroviga 10 kun muddat ichida yozma va imzolangan javob taqdim etilishi belgilangan.