Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Ko‘p qavatli uylar ichki yo‘laklari (pod’ezdlari), yerto‘lalari, atrofidagi maydon tozaligi va yoritilishi holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
📚 Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
#Mahalla_yettiligi—Kengash—Senat” uch boʻgʻinli hamkorlik.
янв.21
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o‘rganildi
янв.21
Nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning to‘g‘ri qo‘llanilishi holati o'rganildi
янв.21
Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o'rganildi.
янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Unda shahar ichki ishlar organlari tomonidan 2026-yilning o‘tgan 5 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisob qilinib, jinoyatchilikning oldini olish, mahallalarda xavfsiz muhit yaratish hamda profilaktika tizimi samaradorligini oshirish masalalari muhokama etildi.

Yig‘ilishni doimiy komissiya raisi X.Abdurahmonov olib bordi. Unda kotibiyat mudiri A.Ermatov, doimiy komissiya a’zolari, ekspert-maslahat guruhi a’zolari, Marg‘ilon shahar Ichki ishlar bo‘limi jamoat xavfsizligi bo‘limi boshlig‘i Z.Xolmatov, Huquq-tartibot maskanlari rahbarlari, shuningdek, 2026-yil davomida qizil toifada qayd etilgan Qashqar, Guliston, Navro‘z va Yuksalish mahallalari profilaktika inspektorlari ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi asosiy masala yuzasidan Z.Xolmatov hisobot berib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-sonli qarori ijrosi doirasida mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktik tadbirlar samaradorligini oshirish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Muhokamalar davomida qizil toifadagi mahallalarda sodir etilayotgan huquqbuzarlik va jinoyatlarning kelib chiqish sabablari, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, profilaktika inspektorlarining faoliyati hamda aholi bilan manzilli ishlash tizimi atroflicha tahlil qilindi. Shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlash, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarning xisobotlari tinglandi.

Yig‘ilishda komissiya a’zolari tomonidan mas’ullarga qator savollar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etish, profilaktika tadbirlarining samaradorligini oshirish hamda jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha qo‘shimcha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masala yuzasidan tegishli qaror qabul qilinib, mas’ul tashkilotlar hamda mutasaddilarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Ta’kidlanganidek, mahallalarda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash, fuqarolarning xavfsizligini mustahkamlash va jinoyatchilikning oldini olish borasidagi ishlar deputatlik nazoratida bo‘lib qoladi.

Slide 1 of 10