Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish Mahalladagi soliq inspektori faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz tumani #Deputat o'rganish KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan davlat imtiyozlari o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_faoliyati Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
Shahrimizning ko‘rinmas qahramonlari

 Har tong ishga, o‘qishga yoki kundalik yumushlarimiz sari shoshilar ekanmiz, ozoda ko‘chalar, suv sepilib fayz kirgan yo‘laklar va atrofga taralgan gul iforidan bahramand bo‘lamiz.

Ammo bu ozodalik va go‘zallik ortida shahrimizning ko‘rinmas qahramonlari — obodonlashtirish xodimlarining mashaqqatli mehnati mujassam. Ular tong yorishmasidan ish boshlaydi, issiq-sovuq, yomg‘ir-qor demay shahrimiz obodligi va ozodaligi yo‘lida sidqidildan xizmat qiladi.

Ularning sa’y-harakatlari tufayli ko‘chalarimiz ozoda, yashil hududlarimiz ko‘rkam, mahallalarimiz esa yanada fayzli va jozibador qiyofa kasb etmoqda.

Obodonlashtirish xodimlarining mehnatini qadrlash, ularga hurmat bilan munosabatda bo‘lish va shahar tozaligini saqlashga o‘z hissamizni qo‘shish barchamizning fuqarolik burchimizdir.

Toza va obod shahar — unda yashayotgan har bir insonning madaniyati, mas’uliyati va Vatanga bo‘lgan mehrining ifodasidir.