Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani.O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
янв.21
Chinoz tumani.Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.
янв.21
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi faoliyati o'rganildi
“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

“Katta qani” MFYda navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O'zLiDePdan saylangan “15-Izza” okrugi deputati Narziyev Akbar Ma’rupovich tomonidan tuman hokimligi mas’ul rahbarlari bilan birgalikda saylangan hududda navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.

💬 Fuqarolar qabuli “Katta qani” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘tkazilib, unda fuqarolarning murojaat va takliflari tinglanib, hududdagi mavjud muammolar muhokama qilindi.

📝 Mazkur qabulda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi U.Abilov, tuman hokimligining qurilish va to‘siqlarsiz muhit yaratish masalalari kompleksi bosh mutaxassisi A.Arziyev, tuman “Suvsoz” bo‘limi bosh muhandisi va tuman tibbiyot birlashmasi rahbari U.Karabayev ishtirok etib, fuqarolar murojaatlarini tinglashdi hamda ayrim masalalar yuzasidan joyida tushuntirish va yechimlar berildi.

💼 Qabul davomida Qurilish ko‘chasi 45-uyda yashovchi fuqaro Dilmurod Tojiboyev sog‘lig‘i bilan bog‘liq murojaat qilib, oyoq va bel qismidagi suyak yemirilishi sababli operatsiya va davolanish masalasida amaliy yordam so‘radi. Mazkur murojaat yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berildi.

📇 Shuningdek, Qurilish ko‘chasi 76-uyda yashovchi fuqaro Shuhrat Turapov tomonidan 203-maktab chorraxasi hamda 452-sonli DMTT oldida piyodalar xavfsizligini ta’minlash maqsadida beton bordyur, piyodalar o‘tish belgisi va yo‘l chiziqlarini tashkil etish bo‘yicha murojaat bildirildi.

🗣 “Katta qani-2” ko‘chasi 4A-uyda yashovchi fuqaro Abduvali Majidov tomonidan suv hisoblagichlarini almashtirgandan so‘ng, ularni ro‘yxatdan o‘tkazish va ortiqcha to‘lovlar hisoblanayotgani yuzasidan murojaat qilindi. Ushbu masalani tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganish belgilandi.

🗂 Bundan tashqari, Izza ko‘chasi 19-uyda yashovchi fuqaro Shahnoza Rahmatova tomonidan Izza 1-tor ko‘chasidagi oqova suv muammosi ko‘tarildi. Ta’kidlanishicha, hududdagi 150 ga yaqin xonadon kanalizatsiya tarmog‘iga ulangan bo‘lib, kuchli yog‘ingarchilik vaqtida oqova suvlarning ayrim xonadonlarga toshib kirishi kuzatilmoqda. Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi.

📁 Shuningdek, uchrashuvdan so‘ng mahalla hududida o‘rganish ishlari olib borilib, drenaj tizimi holati hamda fuqarolarni qiynayotgan boshqa muammolar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi. Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berilib, ijrosi deputat nazoratiga olindi.

Slide 1 of 7