Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani.O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
янв.21
Chinoz tumani.Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.
янв.21
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining yigirmanchi ikkinchi sessiyasi

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining VII chaqiriq 22-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

✅1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 16-fevral kunidagi “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va “O‘zbekiston-2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-22-son Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: tuman hokimining birinchi o‘rinbosari D.Musurmonov

✅2. Mahalliy byudjet daromadlarining bajarilishi holati, qo‘shimcha rezervlarni aniqlash bo‘yicha qilingan ishlar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar kesimida byudjetga hisoblangan va amalda to‘langanligi, ular bo‘yicha soliq qarzdorligi to‘g‘risidagi 2026 yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i Sh.A.Jumayev

✅3. Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi daromadlari va xarajatlari ijrosi, aholi muammolarini aniqlash va hal etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i X.To‘rayevning hisoboti to‘g‘risida.

Ma’ruzachi: O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tumani bo‘limi boshlig‘i X.To‘rayev

✅4.Bandixon tumani 2026-yil 1-chorak mahalliy budjet ijrosi to‘g‘risida.

Ma’ruzachi:tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari I.Jonqobilov 

✅5.Bandixon tumani mahalliy budjet 2026-yil 1-chorak yakuni bo‘yicha qo‘shimcha manbalar hisobidan mablag‘ ajratish to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅6. Bandixon tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅7.Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2025-yil 04-martdagi “ O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi huzurida ekspert guruhi tashkil qilish to‘g‘risida”gi KQ-52-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash haqida”gi № VII-06-36-8-211-K/25-son qaroriga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida.

Reglament va deputatlik odob-axloqi masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

✅8. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V sonli qarorida belgilangan mahalliy Kengash deputatlarining “Mahalla yettiligi” bilan hamkorligi darajasida o‘rganish natijalari bo‘yicha tuman darajasida o‘z yechimini topmagan muammolarni muhokama qilish to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi

✅ Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 5