35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
#Chinoz_tumani Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Aholiga o‘zi vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o'rganildi.
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o‘rganish Mahalladagi soliq inspektori faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_o'rganish Mahalla xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani Chinoz tumanida ochiq muloqot: Aholi murojaatlari joyida hal etilmoqda.
янв.21
#Chinoz_tumani #Doimiy komissiya Doimiy komissiya majlisi o'tkazildi
янв.21
#Chinoz tumani #Deputat o'rganish KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
📌 Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilayotgan davlat imtiyozlari o‘rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat_faoliyati Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
#Chinoz_tumani #Deputat o'rganish Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o'rganildi
2023 yil 15 fevral kuni boʼlib oʼtgan Xalq deputatlari Аndijon shahar Kengashining 38-sessiyasi

38-sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar:

1. Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Аndijon shahridagi Xalq qabulxonasiga 2022 yilda kelib tushgan murojaatlarning hal etilishi va xalq qabulxonasi tomonidan amalga oshirilgan ish faoliyati yuzasidan axboroti.

2. Аndijon shahar Аdliya boʼlimi tomonidan 2022 yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi axboroti.

3. Аndijon shahar prokuraturasi tomonidan 2022 yilda qonuniylikni taʼminlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish borasidagi faoliyati toʼgʼrisida.

4. Аndijon shahrida huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, yoshlarni ijtimoiy-huquqiy ongini oshirish, jinoyatchilikni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash borasidagi vazifalar haqida.

-Аndijon shahrida jinoyatlarni barvaqt oldini olish, jamoat, yoʼl-xarakati havfsizligini taʼminlash, mahallalarda olib borilayotgan profilaktik-ogohlantiruv tadbirlarida mutasaddi masʼul tashkilotlar hamkorligini yanada oshirish choralari toʼgʼrisida.

5. Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi Аndijon shahar boʼlimi tomonidan 2022 yilda olib borgan faoliyati yuzasidan hisoboti.

6. Аndijon shahar hokimining oʼrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʼlimi boshligʼi N.Ulugʼbekovaning “Аyollar daftari”ni 3-bosqichiga kiritilgan xotin-qizlarning muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qoʼllab-quvvatlash borasida amalga oshirilgan ishlar toʼgʼrisidagi hisoboti.

7. “Mahalla” xayriya jamoat fondi Аndijon shahar boʼlinmasi “Saxovat va koʼmak” jamgʼarmasi tomonidan ehtiyojmand fuqarolarga moddiy yordam koʼrsatish toʼgʼrisida.

8. Аndijon viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi tomonidan umumiy oʼrta taʼlim maktablari direktorligiga tavsiya etilgan nomzodlarni koʼrib chiqish toʼgʼrisidagi xalq deputatlari Аndijon shahar Kengashi taʼlim, sogʼliqni saqlash, madaniyat, sport va ijtimoiy himoya masalalari boʼyicha doimiy komissiyasining bayonnomalarini tasdiqlash toʼgʼrisida.

9. Oʼzbekiston Xalq demokratik partiyasi Аndijon shahar Kengashi tomonidan “Sahovat” keksalar va nogironligi boʼlgan shaxslar uchun internat uyida keksalar va oʼzgalar parvariga muhtoj boʼlgan nogironlarning yashash sharoiti va ularni zarur tibbiy-ijtimoiy xizmatlar bilan taʼminlash holatini oʼrganish yakunlari toʼgʼrisida.

10. Аndijon shahar mahalliy byudjetining 2023 yil 1 yanvarь holatiga shakllangan erkin qoldiq mablagʼlarni yoʼnaltirish toʼgʼrisida.

11. Xalq deputatlari Аndijon shahar Kengashining 2023 yil uchun moʼljallangan ish rejasini tasdiqlash toʼgʼrisida.

Slide 1 of 10