Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani.O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
янв.21
Chinoz tumani.Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.
янв.21
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi

Bugun xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining navbatdagi yigirma ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari, shuningdek, jamoat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya davomida deputatlar tomonidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi va yoshlar siyosatiga oid jami 6 ta muhim masala ko‘rib chiqildi. Xususan, kun tartibidan quyidagi masalalar o‘rin oldi:

Moliya va iqtisodiyot: Tumanning 2026-yilgi mahalliy byudjeti erkin qoldiq mablag‘lari hamda “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi hisobidan tegishli sohalarni rivojlantirish uchun mablag‘lar ajratish masalasi ko‘rib chiqilib, ma’qullandi.

Qishloq xo‘jaligi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 12-sentyabrdagi “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda mahsulot yetishtirishning uzluksizligini ta’minlash va yerdan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-172-sonli Farmoni ijrosini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

Yoshlar siyosati: Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash va qarorlar ishlab chiqish jarayoniga jalb etish maqsadida tuman Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Guruh tarkibi Yoshlar ishlari agentligi va siyosiy partiyalar tavsiyasiga ko‘ra, eng faol, tashabbuskor yoshlar yetakchilari hamda talaba-o‘quvchilar bilan yangilandi.

Tashkiliy masala: 4-sonli "Keneges" saylov okrugidan saylangan deputat K.Aytbayevning boshqa ishga (ijro hokimiyati organiga) tayinlanganligi hamda Toshkent shahriga ko‘chib ketganligi munosabati bilan, uning o‘z arizasiga binoan deputatlik vakolati muddatidan oldin ixtiyoriy ravishda tugatildi.

Sessiya kun tartibidagi barcha masalalar atroflicha muhokama qilinib, bildirilgan taklif va mulohazalar inobatga olingan holda xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining tegishli qarorlari bir ovozdan qabul qilindi.

Shuning bilan xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashining 22-sessiyasi o‘z ishini yakunladi. 

Slide 1 of 5