Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani. Mahallada ijtimoiy ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Jamoat transporti harakati va avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
янв.21
Chinoz tumani. Tumanda sog‘liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmatlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Mahallada xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Mahalladagi ichki ko'chalar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Mahallada yoshlar bandligini o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. DOIMIY KOMISSIYANING QO‘SHMA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
Mang‘itobod mahallasida muammolar o‘rganildi va amaliy choralar belgilandi

Mang‘itobod MFYda muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan uchrashuv tashkil etildi. Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati N. Dusmurotov tashabbusi bilan o‘tkazilgan mazkur uchrashuvda mahalla aholisi faol ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida, avvalo, mahallaning ichki ko‘chalari holati atroflicha tahlil qilindi. Aholi tomonidan bildirilgan murojaat asosida yo‘llar yaroqsiz holga kelgani, ayrim hududda asfalt qoplamasi butunlay eskirgani, yomg‘irli mavsumda esa harakatlanish qiyinlashayotgani alohida ta’kidlandi. Deputat va tashkilot vakillari ushbu muammolarni joyiga chiqib, bevosita ko‘zdan kechirdi.

O‘rganishlar natijasida aniqlangan kamchilikni bartaraf etish bo‘yicha taklif ishlab chiqildi. Xususan, ta’mirtalab ko‘chalarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qaroriga muvofiq joriy yilgi manzilli dasturga kiritish muhokama markazida bo‘ldi.

Slide 1 of 2