O‘rganish jarayonida hududlarning sanitariya-gigiyena talablari asosidagi holati, tozaligi, texnik jihatdan saqlanish darajasi hamda aholi uchun xavfsizlik sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki yo‘laklar va yerto‘lalarda tartib-intizomni mustahkamlash, doimiy nazoratni yo‘lga qo‘yish hamda mavjud infratuzilmani yaxshilash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Mazkur o‘rganish ishlari ko‘p qavatli uy-joylarda qulay va xavfsiz yashash muhitini ta’minlash, aholi manfaatlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyat kasb etadi.