O‘rganish jarayonida jamoat transporti qatnovlarining belgilangan jadval asosida harakatlanishi, aholiga yaratilgan qulayliklar, bekatlarning sanitariya va texnik holati, shuningdek, yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash masalalari tahlil qilindi.
Shu bilan birga, ayrim yo‘nalishlarda kuzatilayotgan uzilishlar, bekatlarning ta’mirtalabligi va infratuzilmadagi kamchiliklar aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.
Mazkur o‘rganishlar jamoat transporti xizmatlari sifatini oshirish, aholiga yanada qulay va xavfsiz sharoit yaratish hamda transport tizimini takomillashtirishga xizmat qiladi.