Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Chinoz tumanidagi.Yoshlar bog'i o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.DOIMIY KOMISSIYA RAISLARINING YIG'ILISHI O'TKAZILDI.
янв.21
Chinoz tumani."Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi investitsiya bo'yicha holat o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Chinoz tumaniHududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati
янв.21
Chinoz tumani.Kutubxona faoliyati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Deputat saylovchilarga axborot berdi
Hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari o‘rganildi

 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 20-dekabrdagi **“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”**gi PF–223-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish hamda ijtimoiy soha obyektlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

📑 Shu bilan birga, Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashining VII-18-143-12-177-K/25-sonli “2026-yilda Shovot tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturi to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tumanda ijtimoiy soha obyektlarini rivojlantirish, xususan ta’lim muassasalarini yangilash, ularni zamonaviy infratuzilma bilan ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli qurilish va rekonstruksiya ishlari olib borilmoqda.

🏫 Mazkur qarorga asosan tumandagi “Eshonqala” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosini rekonstruksiya qilish loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyihaning umumiy qiymati 12 milliard 910 million so‘mni tashkil etib, mazkur ta’lim muassasasining loyiha quvvati 944 o‘ringa mo‘ljallangan.

👥 Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashi deputati Xurshid Davletov, Shovot tuman Kengashi kotibiyati mudiri Izzat Masharipov, kotibiyat bosh mutaxassisi Umrbek Ro‘zmetov hamda tuman Kengashi deputati Azamat Kalandarovlar tomonidan Eshonqala mahallasida joylashgan 17-son umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilayotgan rekonstruksiya ishlari joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish jarayonida qurilish ishlarining borishi, bajarilayotgan ishlarning sifati, loyiha hujjatlariga muvofiqligi hamda belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📌 Ta’kidlanganidek, mazkur loyiha to‘liq amalga oshirilishi natijasida hududdagi o‘quvchilar uchun zamonaviy, qulay va xavfsiz ta’lim muhiti yaratiladi, bu esa ta’lim sifatini yanada oshirish hamda yosh avlodni har tomonlama barkamol etib tarbiyalashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3