Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani. Mahallada ijtimoiy ehtiyojmand oilalar holati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Jamoat transporti harakati va avtobus bekatlari holati o‘rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Hududdagi investitsiya loyihalari ijrosi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Tumanda yerlardan oqilona va samarali foydalanish holati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHUV O'TKAZDI
янв.21
Chinoz tumani. Tumanda sog‘liqni saqlash va tez tibbiy yordam xizmatlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Mahallada xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Mahalladagi ichki ko'chalar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani. Mahallada yoshlar bandligini o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani. DOIMIY KOMISSIYANING QO‘SHMA YIG'ILISHI BO'LIB O'TDI
Kengash doimiy komissiyasi navbatdagi sessiyaga tayyorgarlik ko‘rdi

✔️Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi sessiya oldi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda komissiya a’zolari tomonidan qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

✔️Yig‘ilish kun tartibidan doimiy komissiyalarning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash masalasi o‘rin oldi. Mazkur reja asosida kelgusi yilda amalga oshiriladigan ustuvor vazifalar, nazorat tadbirlari hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslar belgilab olindi. Ta’kidlanganidek, ish rejasini aniq va puxta shakllantirish komissiya faoliyatining samaradorligini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

✔️Shuningdek, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining 2024-yil 5-dekabrdagi “Xalq deputatlari tuman Kengashi doimiy komissiyalarini tuzish va shaxsiy tarkibini tasdiqlash to‘g‘risida”gi VII-2-010-7-104-K/24-sonli qaroriga o‘zgartirish kiritish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Mazkur o‘zgartirishlar doimiy komissiyalar faoliyatini yanada takomillashtirish, ularning samarali ishlashini ta’minlashga qaratilgani qayd etildi.

✔️Kun tartibidagi yana bir muhim masala — Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi deputatlarining 2026-yil I, II, III va IV choraklarida saylovchilar oldida o‘z faoliyati hamda kelgusidagi rejalari yuzasidan axborot berish reja-grafigini tasdiqlash bo‘ldi. Ushbu reja-grafik deputatlarning aholi bilan ochiq va tizimli muloqotini yo‘lga qo‘yish, fuqarolarning murojaat va takliflarini o‘z vaqtida o‘rganish hamda ularning ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

✔️Bundan tashqari, Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashi kotibiyati xodimlarining mehnatiga haq to‘lash tizimini takomillashtirish masalasi ham muhokama markazida bo‘ldi. Mazkur tashabbus xodimlar mehnatini munosib rag‘batlantirish, ish samaradorligini oshirish va xizmat faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

✔️Yig‘ilish yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli xulosalar berilib, ularni Xalq deputatlari Toyloq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish uchun tavsiya etildi. Shuningdek, doimiy komissiya tomonidan belgilangan vazifalarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash yuzasidan mas’ul shaxslarga aniq topshiriqlar berildi.

✅ https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 3