Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Doimiy komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Joriy yilning 2-fevral kuni Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

🔷Kun tartibida quyidagi masalalar ko‘rib chiqiladi:

      Bo‘stonliq tumanida huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olish, jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida;

      Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashi hamda uning doimiy komissiyalarining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida;

      O‘zbekiston Respulikasi Oliy Majlisi Senati devoni hududiy vakillik organlari faoliyatini o‘rganish markazi tomonidan 2025-yil dekabr oyi bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalarini ko‘rib chiqish to‘g‘risida;

       Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida.

🔷Yigʻilish yakuni bilan tegishli qarorlar qabul qilindi.

Slide 1 of 2