Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. SESSIYA
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining o'n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Viloyat hokimligi katta majlislar zalida hududlardan saylangan Oliy Majlis senati a’zolari, deputatlar, tashkilot va boshqarmalar boshliqlari ishtirokida xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining o'n sakkizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiya ishini xalq deputatlari viloyat Kengashi raisi Choriyev Abduraim Ravshanovich olib bordi.

Sessiya ishida dastlab, O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi “Prokuratura to‘g‘risida” Qonuniga asosan qonun ustuvorligini ta’minlash, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish va profilaktikasi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan viloyat prokurori B.Babadjanovning axboroti eshitildi. 

Kun tartibi bo'yicha jami 18 ta masala deputatlar tomonidan ko'rib chiqildi va deputatlar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar va takliflarni inobatga olgan holda bir ovozdan ma'qullandi.

Sessiya ishi "Surxondaryo" televideniyesi orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri efirga uzatildi. (https://t.me/tvsurxon/24420)

Slide 1 of 10