Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. SESSIYA
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
Deputat faoliyatidan

Prezidentimiz Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o‘tdi. Barchamizga ma’lumki, 2025-yil 26-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga navbatdagi Murojaatnomasini yo’lladi.Ushbu Murojaatnomada mamlakatimiz hayotining barcha sohalarini izchil rivojlantirish, ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, sanoat va ishlab chiqarish salohiyatini oshirishga qaratilgan qator muhim tashabbuslar ilgari surildi hamda kelgusi yillar uchun ustuvor vazifa va maqsadlar belgilab berildi. Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 13-Istiqbol saylov okrugidan saylangan deputat Mahmudova Baxtinisa Zuxriddinovna “Istiqbol” MFY xududidagi 40-umumiy o‘rta ta`lim maktabida va Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-Qo‘rg`on saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan “Qo‘rg`on” MFY xududidagi 15-umumiy o‘rta ta`lim maktabida mahalla yettiligi va maktab ma`muriyati hamkorligida Prezidentimiz Murojaatnomasi mazmun-mohiyatiga bag’ishlangan yig’ilish bo’lib o‘tdi. Yig‘ilish davomida Prezidentimiz Murojaatnomasini atroflicha o‘rganishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan deputatlar tomonidan Prezident Murojaatnomasida ilgari surilgan tashabbuslar har bir tashkilot va mehnat jamoasi oldiga aniq vazifalar qo‘yayotganini, ularni izchil va mas’uliyat bilan amalga oshirish muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Tadbirda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim va tarbiyasini mustahkamlash, shuningdek, pedagog xodimlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Shu asosda maktabda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar va amaliy yo‘nalishlar ko‘rib chiqildi. Yig‘ilish yakunida Murojaatnomada belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli taklif va vazifalar belgilab olindi hamda ushbu yo‘nalishda tizimli ishlarni
olib borish zarurligi qayd etildi.
  

Slide 1 of 7