Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. SESSIYA
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
Mirobod tumanida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish masalalari ko‘rib chiqildi

Mirobod tumani prokurori B.T. Abdullayev va Xalq deputatlari Mirobod tuman Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi rahbarligida yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tuman hokimligi, soliq inspeksiyasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, banklar, ichki ishlar organlari hamda boshqa mas’ul idoralar vakillari ishtirok etdilar.

Tadbir doirasida tumanda yashirin iqtisodiyot ko‘lamini kamaytirish, qo‘shimcha manbalarni aniqlash va undirish ishlari, shuningdek soliq qarzdorligini bartaraf etish holati atroflicha muhokama qilindi.

Yig‘ilish yakunida umumiy ovqatlanish shohobchalari, norasmiy bandlik, xizmat ko‘rsatish va qurilish sohalarida yashirin iqtisodiyotni qisqartirish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish bo‘yicha mas’ul idoralarga aniq vazifalar yuklandi va ularning ijrosi qat’iy nazoratga olindi.

Slide 1 of 3