Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. SESSIYA
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashiga rais saylandi.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yangi tahrirdagi 120-moddasiga muvofiq, Xalq deputatlari Kengashiga uning deputatlari orasidan saylangan rais boshchilik qilishi belgilab qo‘yilgan. 2026-yil 1-yanvardan boshlab ushbu amaliyot barcha tuman (shahar) Kengashlariga tatbiq etilishi belgilangan. Shu munosabat bilan, bugun Xalq deputatlari Angor tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiyada “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 16³-moddasida belgilangan tartibda Kengash raisi lavozimi masalasi ko‘rib chiqildi. Sessiya davomida Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisligiga “24-Karvon” saylov okrugidan saylangan deputat Qo‘zimuratov Abdisalom Javliyevichning nomzodi tavsiya etildi. O‘tkazilgan ovoz berish natijalariga ko‘ra, deputat Qo‘zimuratov Abdisalom Javliyevich Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi raisi etib bir ovozdan saylandi.

Slide 1 of 1