Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. SESSIYA
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING QO'SHMA MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
Xashar elga yarashar

Xalqimizda hashar deb nomlangan ajoyib an’ana bor. Bu odat yillar o‘tsaki, o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Boisi hasharda xalqimizning birligi, ahilligi namoyon bo‘ladi. Bayramlar arafasida barcha hududlarda umumxalq hasharlari tashkil etilib, ariqlar loyqadan tozalanadi, daraxtlarga shakl berilib tagi oqlanadi, yangi daraxt ko‘chatlari ekiladi, qabristonlar obod qilinadi, hududlar
chiqindilardan tozalanadi.

Shu maqsadda xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashi deputati T.Tangirov tashabbusi bilan o‘zi saylangan “Yangiyer” mahallasidagi “Zang -2” guzarida hashar o‘tkazildi. Tadbirda ushbu hududda yashovchi fuqarolar tomonidan ko‘chalar atroflarida
obodonlashtirish va tozalik ishlari amalga oshirildi.

Yangi ko‘chatlar o‘tqazish uchun chuqurlar kovlanib tayyorlandi. Hashar ishlari kun mobaynida davom ettirildi.

Slide 1 of 5