Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI. MAHALLADA IJTIMOIY HIMOYA MASALALARI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
CHINOZ TUMANI. Sport — sog‘lom avlod poydevori: Chinoz tumanidagi maktablarda o'rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Chinoz tumanida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. “Samarador mahalla – barqaror oila demakdir”
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — islohotlar va yangilanishlar sari muhim qadam
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada hokim yordamchilarining faoliyati o'rganildi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Deputat tashabbusi bilan mahalla infratuzilmasi yaxshilanmoqda
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahallada yoshlar bandligini ta’minlash masalalari o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANI. Prezident Murojaatnomasi — taraqqiyot va yangilanishlar yo‘lidagi muhim dastur
янв.21
CHINOZ TUMANI. Mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi
Doimiy Komissiya faoliyati

Doimiy Komissiya faoliyati

Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tumani Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi" ning 2025-yil 27-dekabr kuni navbatdagi yig'ilishi boʻlib o'tdi.

🔴Yig'ilish kun tartibidagi birinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev huzurida 2025-yil 14-fevral kuni yoshlar bilan ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tuman hokimlarining yoshlar muammolarini hal qilish, bandligini ta’minlash bo‘yicha yoshlar va yosh deputatlar bilan uchrashuvi yakunlari natijadorligini muhokama qilish to‘g‘risida.

🔴Yig'ilish kun tartibidagi ikkinchi masala - Xalq deputatlari Jarqo‘rg‘on tuman Kengashining 2025-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga binoan tumanda 2025 yil mobaynida onkologik kasalliklarni erta aniqlash va o‘lim ko‘rsatgichini kamaytirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i E.Qulliyevning hisoboti.

🔴Yig'ilish kun tartibidagi uchinchi masala - O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 23-iyundagi “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmalari mablagʻlari hisobidan ijtimoiy ordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 462-sonli qarori hamda 2024-yil 31-maydagi 313-sonli qarorining ijrosini ta’minlash haqida.

🔴Yig'lishda deputat A.Samanov tomonidan “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi mablagʻlarini taqsimlovchi masʼullarga mahalla fuqarolar yigʻinlarining ijtimoiy-iqtisodiy holatidan kelib chiqib, mazkur jamgʻarmalarda shakllangan umumiy mablagʻlar doirasida kamaytirish yoki koʻpaytirish huquqiga egaligi belgilanganligini ta'kidlab o'tdi.

🔴 Shuningdek doimiy komissiya a'zolari tomonidan hisobot beruvchichilarga tuman aholisi orasida onkologik kasalliklarini oldini olish va barvaqt aniqlash borasida olib borilgan o‘rganish yakunilaridan kelib chiqib tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish yuzasidan takliflar bildirildi.

🔴Yig'ilish yakunida yuqori malakali yosh kadrlarni tuman ishlab chiqarishiga, davlat sektoriga jalb qilish zaruriyatini inobatga olgan holda, ayniqsa tuman tibbiyot birlashmasida va tuman maktabgacha va maktab ta’limi tizimida mutaxassis kadrlarning yetishmasligini, oliygohlarni tugatayotgan yosh mutaxassislarni shu sohalarga jalb qilish bo'yicha mas'ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 9