Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi deputati G.Sharipova va shahar Adliya bo'limi boshlig'i J.Norqo'ziyev ishtirokida “Farg'ona” MFYda 8-dekabr — O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Tadbirda fuqarolarning huquq va majburiyatlari hamda Konstitutsiyaning jamiyat hayotidagi o‘rni haqida batafsil
ma’lumot berdi. Konstitutsiyaning asosiy tamoyillari – qonun ustuvorligi, inson huquqlarini hurmat qilish va fuqarolik mas’uliyati borasida tushuntirishlar berib o‘tdi. Ishtirokchilar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, to'y marosimlarni ixchamlashtirish mavzusida ham tushuntirish berib o'tildi.