Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani.O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
янв.21
Chinoz tumani.Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.
янв.21
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi faoliyati o'rganildi
CHINOZ TUMANI.Ijtimoiy xizmatlarni adolatli, shaffof va sifatli tashkil etish — aholining davlatga bo‘lgan ishonchini oshiradi

Mahalladagi ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy extiyojmand toifalariga ko‘rsatiladigan xizmatni sifatli tashkil etilishi, kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash.

Mahalla instituti O‘zbekistonda aholiga eng yaqin bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqarish organi sifatida katta ahamiyatga ega. Unda ijtimoiy muhofaza tizimini samarali amalga oshirish, ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga zarur yordam berish jarayonida ijtimoiy xodimning o‘rni beqiyos. Ijtimoiy xodim – bu nafaqat yordam ko‘rsatuvchi muttaxassis, balki jamiyatda ijtimoiy adolat va barqarorlikni saqlashga xizmat qiluvchi asosiy bog‘lovchi bo‘g‘indir.

Mahallada ijtimoiy xizmatlarni sifatli tashkil etishning ahamiyati juda katta.Ijtimoiy xodimning asosiy maqsadi – aholi, xususan, kam ta’minlangan, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar, ko‘p bolali oilalar va boshqa ehtiyojmand qatlamlarning ehtiyojlarini o‘rganish hamda ularga amaliy yordam ko‘rsatishdan iborat.

Sifatli ijtimoiy xizmat qanday bo‘ladi.Aholining turmush darajasini yaxshilaydi; ehtiyojmandlarning davlatga ishonchini oshiradi; ijtimoiy tenglik va barqarorlikni ta’minlaydi; kambag‘allikni qisqartirish dasturlariga xizmat qiladi.

Ijtimoiy xodimning asosiy vazifalari nimalardan iborat.

Ijtimoiy xodim ehtiyojmand oilalarni o‘rganadi va ro‘yxatga oladi. U oilalarning real holatini o‘rganib, quyidagilarni tahlil qiladi:

daromad manbalari,yashash sharoiti,ishsizlik holati, sog‘liq imkoniyati cheklangan a’zolar mavjudligi, bolalarning ta’limdagi ishtiroki.

Shuningdek,ijtimoiy xodim nafaqalarni tayyorlash va rasmiylashtirishda 

bolalar nafaqasi,kam ta’minlangan oila nafaqasi,nogironlik nafaqasi

kabi to‘lovlar uchun hujjatlarni tayyorlashda amaliy ko‘mak beradi.

3. Moddiy yordam va gumanitar ko‘makni tashkil etadi.

Ehtiyojmandlarga oziq-ovqat,kiyim-kechak,maishiy buyumlar,bolalarga maktab anjomlari,ehtiyojdan kelib chiqqan holda pulli yordam

taqdim etiladi.

Ijtimoiy yordamlarni sifatli tashkil etishda qanday muammolar uchraydi. Buni xam bilib qo‘yish foydadan xoli bo‘lmaydi.

Ma’lumotlarning noto‘g‘ri yoki to‘liq bo‘lmasligi,aholining real sharoitini aniq baholamaslik noto‘g‘ri yordam taqsimotiga olib kelishi mumkin.

Resurslarning cheklanganligi esa moddiy yordam ko‘lamini kengaytirish uchun imkoniyatlar ba’zida yetarli bo‘lmasligi mumkin. Aholida huquqiy savodxonlikning pastligi xujjat topshirish tartibini bilmaslik nafaqa olish jarayonini qiyinlashtiradi.

Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki,mahalladagi ijtimoiy xodim — jamiyatning eng sezgir va mas’uliyatli sohasida mehnat qiluvchi mutaxassis. Uning faoliyati ehtiyojmand aholiga nafaqat moddiy, balki ma’naviy va amaliy yordam ko‘rsatishda muhim ahamiyatga ega. Ijtimoiy xizmatlarni adolatli, shaffof va sifatli tashkil etish — aholining davlatga bo‘lgan ishonchini oshiradi va jamiyat barqarorligiga xizmat qiladi.

                                                                                                                                                                        Surayyo Axmedova, 

Xalq deputatlari 

Chinoz tumani Kengashi deputati

Slide 1 of 3