Xalq deputatlari Toshloq tuman Kengashi deputatlari T.Soliyev, M.Qoraboyeva, G.Sobirova va R.Matqulovlar Zarkent mahalla fuqarolar yig'ini hududidagi yangi IT shaharchasi faoliyati bilan tanishdi.
Ushbu markaz bir vaqtning o‘zida 300 nafar, yil davomida esa 3000 nafargacha yoshlarni axborot texnologiyalari sohasida o‘qitish imkoniyatiga ega. Shaharchada yoshlar dasturlash, grafik dizayn, veb va mobil ilovalar yaratish, kiberxavfsizlik, sun’iy intellekt va boshqa yo‘nalishlarda bilim va ko‘nikmalarni egallashlari mumkin.
Markaz zamonaviy o‘quv auditoriyalari, kovorking zonalari, laboratoriyalar va yuqori tezlikdagi internet bilan jihozlangan. Bundan tashqari, mahalliy va xorijiy mutaxassislar ishtirokida mahorat darslari va seminarlar tashkil etish ham rejalashtirilgan.