Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANI.DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
Mahalliy Kengashlar nazorat qiluvchi ta’sirchan organga aylanmoqda.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi
янв.21
CHINOZ TUMANI.DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
"IQTISODIY O‘SISH, IJTIMOIY BARQARORLIK VA MAS’ULIYAT”.
янв.21
ISLOHOTLAR – AMALIY NATIJADORLIK MEZONIDA
янв.21
CHINOZ TUMANI.DEPUTAT SAYLOVChILAR BILAN UChRAShUV O‘TKAZDI.
янв.21
Mas’uliyat, shaffoflik, natijalarga e’tibor — bugungi kunda davlat boshqaruvining yangilangan modeli aynan shu tamoyillar asosida barpo etilmoqda.
янв.21
CHINOZ TUMANI. Targ'ibot o'tkazildi
“Tinchlik va taraqqiyot — avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi”

 “Tinchlik va taraqqiyot avvalo, iqtisodiy hamkorlik bilan o‘lchanadi” Shavkat Mirziyoyev
Bugun Ozarbayjonning Xonkendi shahrida bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti sammitida Prezident Shavkat Mirziyoyev mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirishga qaratilgan bir qator aniq va amaliy tashabbuslar bilan ishtirok etdi.
Davlatimiz rahbari nutqida Afg‘onistonning mintaqaviy tinchlik va taraqqiyotdagi rolini e’tirof etib, Janubiy Osiyo va Yaqin Sharqdagi notinch vaziyatlar barcha uchun umumiy xavf tug‘dirayotganini ta’kidladi.
Prezident tomonidan quyidagi tashabbuslar ilgari surildi:
* “Hamkorlikning strategik maqsadlari 2035” konsepsiyasini qabul qilish;
* Toshkentda IXT savdo vazirlari uchrashuvini o‘tkazish;
* Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bo‘yicha “yashil yo‘laklar” tizimini yaratish;
* “Ekoinvest” uzoq muddatli dasturini yo‘lga qo‘yish;
* “Raqamli transport va bojxona idorasi”ni tashkil etish;
* Samarqandda “Milliy aviakompaniyalar forumi”ni o‘tkazish.
Ekologik xavflarga qarshi kurashish va logistika zanjirlarini barqarorlashtirish masalalari ham alohida e’tibor markazida bo‘ldi.
Muxtaram Prezidentimizning nutqi IXT doirasidagi amaliy hamkorlikni yanada chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan, konstruktiv va aniq takliflarga boy bo‘ldi.  

Slide 1 of 1