Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra'no Fozilova saylangan okrugidagi “Samarqand” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT ABDUVOHID TURDIBOYEV SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
CHINOZ TUMANI.DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
Mahalliy Kengashlar nazorat qiluvchi ta’sirchan organga aylanmoqda.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi
янв.21
CHINOZ TUMANI.DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
"IQTISODIY O‘SISH, IJTIMOIY BARQARORLIK VA MAS’ULIYAT”.
янв.21
ISLOHOTLAR – AMALIY NATIJADORLIK MEZONIDA
Yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning joylardagi amaliy ijrosi

Deputat hamda Agrar va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha doimiy komissiya a’zosi sifatida ushbu yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalar, ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, suv tejovchi texnologiyalarni joriy qilish borasidagi topshiriqlar biz deputatlar zimmasiga ham katta mas’uliyat yuklashini chuqur anglayman.

Shahrisabz shahri uchun bu yo‘nalish alohida ahamiyatga ega. So‘nggi yillarda suv tanqisligi, suv inshootlarining eskirganligi, melioratsiya tizimlarining sustligi hududda qator muammolarni yuzaga keltirmoqda. Prezidentimiz ushbu masalalarga befarq bo‘lmay, har bir hudud bo‘yicha aniq chora-tadbirlar rejasini belgilab berdi.

Endilikda bizning vazifamiz – Shahrisabz shahrida suv resurslarini tejash, fermerlar bilan yaqin muloqotda bo‘lib, ularga amaliy ko‘mak berish, mavjud muammolarni aniqlab, deputatlik nazorati asosida yechimini topishdan iborat. O‘ylaymanki, ushbu yig‘ilishda belgilangan vazifalar Shahrisabz aholisi hayot sifati, agrar sektor rivoji va suv xo‘jaligi samaradorligini yangi bosqichga olib chiqadi.

Xalq deputatlari Shahrisabz shahar kengashi deputati
R.Qayumov