Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi deputati Ra'no Fozilova saylangan okrugidagi “Samarqand” mahallasida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT ABDUVOHID TURDIBOYEV SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI
янв.21
CHINOZ TUMANI.DEPUTAT SAYLOVCHILARGA AXBOROT BERDI.
янв.21
Mahalliy Kengashlar nazorat qiluvchi ta’sirchan organga aylanmoqda.
янв.21
CHINOZ TUMANI. DOIMIY KOMISSIYANING MAJLISI O‘TKAZILDI.
янв.21
Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashining navbatdagi o‘n to‘rtinchi sessiyasi
янв.21
CHINOZ TUMANI.DOIMIY KOMISSIYA MAJLISI O‘TKAZILDI
янв.21
"IQTISODIY O‘SISH, IJTIMOIY BARQARORLIK VA MAS’ULIYAT”.
янв.21
ISLOHOTLAR – AMALIY NATIJADORLIK MEZONIDA
MUNOSABAT.

MUNOSABAT.

 2025-yilning 10-11-iyun kunlari bo‘lib o‘tgan IV-Toshkent xalqaro investisiya forumi hamda xorijiy investorlar kengashi

majlisidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning nutqlarida shuni takidladilarki, Forumning asosiy mavzusi bo‘lgan investisiyalar – faqat iqtisodiy taraqqiyotning emas, balki tinchlik va barqarorlikning kafolatidir! Keling, birgalikda shunday investisiya muhitini yarataylikki, u daromad keltirish bilan birga, inson qadrini ulug‘laydigan, uning hayotiy manfaatlarini ta’minlaydigan va jamiyat ravnaqiga xizmat qiladigan mustahkam poydevorga aylansin! 

 O‘zbekistonning yalpi ichki mahsuloti sakkiz yilda 2 barobar ko‘paydi. 2030-yilga borib, bu ko‘rsatkichni 200 milliard dollarga yetkazishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘ydik. O‘tgan yili investisiya hajmi 35 milliard dollarga, eksportimiz 27 milliard dollarga yetgani bu – to‘rt yildan buyon o‘tkazib kelinayotgan Toshkent xalqaro investisiya forumining ham amaliy natijasidir. 

Yangi O‘zbekistondagi islohotlar samarasi xalqaro reytinglarda ham o‘zining munosib aksini topmoqda. “Iqtisodiy

erkinlik indeksi”dagi o‘rnimiz so‘nggi besh yilda 48 pog‘onaga yuqori ko‘tarildi.

Garvardning “Iqtisodiyot murakkabligi indeksi”dagi o‘rnimiz 28 pog‘onaga yaxshilandi. O‘tgan oyda nufuzli “S&P” agentligi O‘zbekistonning suveren reytingi prognozini “barqarordan “ijobiy”ga oshirdi. 

Bugungi dunyo katta sinovlarni boshidan kechirmoqda. Global xavfsizlik va barqaror rivojlanishga jiddiy tahdidlar tobora kuchaymoqda, geosiyosiy jarayonlar ko‘z o‘ngimizda shiddat bilan o‘zgarmoqda.

 Dunyoda tinchlik, adolat va inson qadriga bo‘lgan umumiy ishonchni tiklash har qachongidan ham muhimdir.

Slide 1 of 1