Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Chinoz tumanidagi.Yoshlar bog'i o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.DOIMIY KOMISSIYA RAISLARINING YIG'ILISHI O'TKAZILDI.
янв.21
Chinoz tumani."Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi investitsiya bo'yicha holat o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Chinoz tumaniHududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati
янв.21
Chinoz tumani.Kutubxona faoliyati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Deputat saylovchilarga axborot berdi
Munosabat

Budapesht shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muzokaralar O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi tarixiy aloqalarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban “Kengaytirilgan strategik sheriklik munosabatlarini o‘rnatish to‘g‘risida”gi qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar. Bu muhim hujjat ikki davlat o‘rtasida siyosiy, iqtisodiy, ta’lim, xavfsizlik va madaniy sohalarda ko‘p qirrali hamkorlikni izchil rivojlantirishga asos bo‘lib xizmat qiladi.

Ta’lim sohasida chuqur integratsiya

Muzokaralarda ta’lim aloqalarini mustahkamlash masalasi ustuvor yo‘nalish sifatida belgilandi. Jumladan, “Stipendium Hungaricum” dasturi doirasidagi hamkorlik davom ettiriladi. Hozirda ushbu dastur orqali yuzlab o‘zbekistonlik talabalar Vengriya oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Shuningdek, tomonlar ikki davlatda o‘zaro tan olinadigan diplomlar tizimini joriy etish, shuningdek Vengriya universitetlarining O‘zbekistondagi filiallarini ochish masalalarini muhokama qildilar. Bu tashabbuslar yoshlar salohiyatini yuksaltirish, zamonaviy bilimlarni egallagan kadrlar tayyorlashda muhim qadam bo‘ladi.

Yana bir muhim voqea — joriy yilda Toshkent shahrida O‘zbekiston va Vengriya rektorlarining uchinchi forumini o‘tkazish taklifi bildirildi. Forum oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlik platformasiga aylanishi kutilmoqda.

Mintaqaviy xavfsizlik va global tahdidlarga qarshi hamkorlik

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Bosh vazir Viktor Orban muzokaralarda xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik masalalariga alohida e’tibor qaratdilar. Jumladan, terrorizm, ekstremizm, odam savdosi va narkotiklarning noqonuniy aylanmasi kabi global tahdidlarga qarshi kurashishda hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi. Ushbu yo‘nalishdagi kelishuvlarni amaliyotga joriy etish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni tayyorlash topshirildi. Hujjatda ustuvor vazifalar, mas’ul tomonlar va muddatlar aniq ko‘rsatib o‘tiladi.

Yangi bosqichdagi hamkorlik asoslari

Budapeshtda imzolangan deklaratsiya O‘zbekiston va Vengriya o‘rtasidagi munosabatlarga yangi siyosiy va institutsional asos yaratdi. Endilikda tomonlar nafaqat iqtisodiy va madaniy aloqalarni rivojlantirish, balki xalqaro maydonda ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashga intilmoqda. Bu hamkorlik ikki davlat uchun o‘zaro manfaatli bo‘lib, Markaziy Osiyo va Yevropa o‘rtasidagi barqarorlik, xavfsizlik va taraqqiyotning muhim ustuniga aylanadi.

Muxsiddin Nizomiddinov:

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati