Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Chinoz tumanidagi.Yoshlar bog'i o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.DOIMIY KOMISSIYA RAISLARINING YIG'ILISHI O'TKAZILDI.
янв.21
Chinoz tumani."Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi investitsiya bo'yicha holat o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Chinoz tumaniHududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati
янв.21
Chinoz tumani.Kutubxona faoliyati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Ko‘p qavatli uylar aholisi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
Sog‘lom turmush tarzi — salomatlik omili

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikerining o‘rinbosari Mavluda Xo‘jayeva va deputat Zuxra Mirg‘oziyeva Toshkent viloyatining Zangiota tumanida bo‘lib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

Parlament a’zolari dastlab tuman tibbiyot birlashmasida bo‘lib, u yerda aholining sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar, qulayliklarni ko'zdan kechirdi.

Ochiq va samimiy muloqotlar chog‘ida so‘nggi yillarda sog‘liqni saqlash tizimida bo‘layotgan o‘zgarishlar, tibbiyotni yanada xalqchil sohaga aylantirish, odamlarni ushbu tizimdan rozi qilish borasida olib borilayotgan tarixiy islohotlar, qonunchilikdagi yangiliklar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Shifokorlar, aholi vakillarining fikr-mulohazalari, taklif va tavsiyalari tinglandi. Aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Fuqarolar sohada amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida bemorlarda yuqori sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati yanada kengaygani, bu xalqimizning yashash sifatini yaxshilashga, o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligini uzaytirishga xizmat qilayotganini bildirdi.

Deputatlarning navbatdagi manzili — Zangiota tumanidagi “Obod” mahalla fuqarolar yig‘ini bo‘ldi. Bu yerda ular “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishib, yoshlar, xotin-qizlar va mahalla faollari bilan suhbatlashdi.

Uchrashuvlar davomida fuqarolar mahallaga qo‘shimcha kuch va imkoniyatlar taqdim etilayotgani natijasida bugun ko‘plab masalalar shu yerning o‘zida ijobiy hal bo‘layotganini alohida ta’kidladilar.

Xalq vakillari tomonidan aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish va sog‘lom ovqatlanish madaniyatini keng targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, zararli odatlarga qarshi kurashish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. 

Slide 1 of 3