Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. DAVLAT XIZMATLARI VA FHDYO ORGANLARIDA FUQAROLARGA XIZMAT KO‘RSATILISHI HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Chinoz tumanidagi.Yoshlar bog'i o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.DOIMIY KOMISSIYA RAISLARINING YIG'ILISHI O'TKAZILDI.
янв.21
Chinoz tumani."Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonun ijrosi Chinoz tumani SEOM (SES) bo‘limida o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi investitsiya bo'yicha holat o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahallada hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi, xususan aholini kambag‘allikdan chiqarish ishlari o'rganildi
янв.21
Chinoz tumaniHududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati
янв.21
Chinoz tumani.Ko‘p qavatli uylar aholisi murojaatlari ijobiy hal etilmoqda
янв.21
Chinoz tumani.Kutubxona faoliyati o'rganildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 15-maydagi “Prezident iqtidorli farzandlari” tashabbusini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-86-son Farmoni mazmun-mohiyati yuzasidan Xalq deputatlari Baxmal tuman Kengashi deputati Sodiqov Shavkat Allaberdiyevichning
MUNOSABATI

  Inson kapitalini rivojlantirish — farmonning asosiy maqsadi: Mamlakat taraqqiyoti uchun iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash tizimi yaratiladi.Bu orqali yuqori malakali mutaxassislar zaxirasini shakllantirish va global mehnat bozorida raqobatbardosh kadrlar yetishtirish ko‘zda tutilgan. Yangi milliy dastur —“Prezident iqtidorli farzandlari ”Respublika miqyosida iqtidorli yoshlarni qamrab oluvchi Milliy dastur joriy etilmoqda.Milliy dastur doirasida hududlar
kesimida 1500 tagacha kvota ajratiladi.Ushbu dastur “Yorqin iste’dod” loyihasini qamrab oladi va 9-sinf o‘quvchilari saralab olinadi.Milliy dastur doirasida saralab olingan o‘quvchilar Agentlik tizimidagi maktablarning maktab maslahatchilariga biriktiriladi va maxsus platforma orqali 10–11-sinfda ta’lim olish davrida ular uchun qo‘shimcha o‘qish tashkil etiladi. Milliy dastur ishtirokchisi bo‘lgan o‘quvchilar uchun dunyoning ilg‘or oliy ta’lim tashkilotlari qabul talablaridan kelib chiqib, Agentlikning
“Renessans” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida qisqa muddatli o‘quvlar tashkil etiladi.
 

 Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassalari agentligi tizimida akademik va moliyaviy jihatdan mustaqil bo‘lgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internat tashkil etiladi.Maktabning joriy faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish uchun ikki komponentli boshqaruv tizimi joriy etiladi. Bunda, maktabning o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish akademik direktor, ma’muriy-moliyaviy faoliyatini muvofiqlashtirish ijrochi direktor tomonidan amalga oshiriladi.Mazkur maktab 2025/2026 o‘quv yilidan faoliyatini boshlaydi.Har bir 8–15 nafar o‘quvchiga maslahatchi va pedagog biriktiriladi, ingliz tilidan tashqari yana bir xorijiy til o‘rgatiladi.Ilmiy-tadqiqot, startap va ijtimoiy loyihalarga yo‘naltirilgan portfolio shakllantiriladi.Maktab bitiruvchilariga davlat namunasidagi ta’limto‘g‘risidagi hujjat (shahodatnoma) bilan bir qatorda, yetakchi xorijiy oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirish imkoniyatini beruvchi xalqaro ta’lim dasturi diplomi (International Baccalaureate) beriladi. 

Ushbu Farmon Mamlakat taraqqiyoti uchun “Iqtidorli yoshlarni barvaqt aniqlash va ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash” uchun xizmat qiladi.  

Slide 1 of 5