Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Chinoz tumani.O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan 10-Birlashgan saylov okrugi deputati Davron Teshaboyev tomonidan, tumanning chegara hududida joylashgan “Dehqonobod” mahallasida yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bozorlardagi aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi, mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Maktabning sport zallari va ulardagi sport anjomlari mavjudligi, ularning jihozlari holati o'rganildi.
янв.21
Chinoz tumani.Bepul beriladigan dorilar bilan ta’minlash holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Hududdagi jinoyatchilikka qarshi kurash holati, ayniqsa qizil va sariq hududlarda jinoyatchilikni bartaraf qilish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Mahalladagi yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar samaradorligi, yoshlar bandligi o'rganildi
янв.21
Chinoz tumani.Markaziy kutubxona faoliyati o'rganildi
янв.21
CHINOZ TUMANIDAGI. “KO‘P QAVATLI UYLARNING ICHKI YO‘LAKLARI VA YERTO‘LALARI HOLATI O‘RGANILDI"
янв.21
Chinoz tumani.Doimiy komissiyada ko'riladigan masalalarni qoida tariqasida joyiga chiqib o‘rganish.
янв.21
Chinoz tumani.Mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi faoliyati o'rganildi
Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati G.Abdukarimova tashabbusi bilan shahardagi 12-sonli MTT ni ishchi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2025-yil 15-may kuni “Ta’lim tizimidagi islohotlar samaradorligini yanada oshirish masalalari” o‘tkazilgan videoselektorda mahalliy Kengash deputatlariga belgilab berilgan vazifalarni jamoatchilikka tatbiq qilish maqsadida xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan targ‘ibot-tashviqot ishlari davom etmoqda. 

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati G.Abdukarimovatashabbusi bilan shahardagi 12-sonli MTT ni ishchi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida maktabgacha ta’limdagi innovatsion yondashuvlar, tarbiyachilar malakasi va mahoratini oshirish borasidagi yangiliklar ham kelajak avlodning sog‘lom va aqlan barkamol bo‘lib voyaga yetishini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega ekanligini bildirib, maktabgacha ta’lim bilan qamrov darajasi 78 foizga yetkazilashi, buning uchun 162 ta davlat, 100 ta DHSH asosida va 1000 ta oilaviy maktabgacha ta’lim tashkilotlari tashkil qilinishi va bu orqali 83 ming nafar yangi bola o‘rni yaratilashi alohida ta’kidlandi. 

Slide 1 of 1